O‘zbekiston | 13:53 / 13.07.2017
7304
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Tojikistonda yana bir ko‘rgazma tashkil etadi

Joriy yil iyul oyi oxirida Tojikiston Respublikasidagi o‘zbekistonlik ishbilarmon doiralar ishtirokida navbatdagi ko‘rgazma tashkil etiladi. Unda Savdo-sanoat palatasi ham 60ga yaqin korxona mahsulotlari hamda 120ga yaqin tadbirkorlar bilan birgalikda qatnashadi. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rahbariyati ishtirokida Xalqaro Press-klubda bo‘lib o‘tgan sessiyada qatnashgan SSP raisi o‘rinbosari, senator Botir Asadov shu haqda ma'lum qildi. 

Tojikistondagi bu safargi ko‘rgazmada kimyo sanoatidan tortib, to‘qimachilik mahsulotlarigacha olib boriladi.

U, shuningdek, tashqi bozorda O‘zbekiston milliy mahsulotlari va xizmatlarini keng tashviq qilish bo‘yicha qator mexanizmlar maxsus boshqaruv – Eksportga ko‘maklashuvchi boshqarma borligini ham yodga oldi. Bundan tashqari, xorijda va respublikaning o‘zida turli biznes-forumlar, ko‘rgazma-yarmarkalarni tashkil etish ham maqsadga muvofiqdir. 

Bu masalada mexanizmlardan biri xorijiy mamlakatlardagi elchixonalar xizmatidan bevosita foydalanishdir, deya ta'kidladi Asadov. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid