Uşbu körgazmaning oçiliş marosimi 24 fevral kuni «Ilhom» teatrida ötkazildi va madaniy tadbir taşkilotçilari sifatida Yevropa ittifoqining, Ukrainaning Özbekistondagi elçixonasi vakillari nutq sözlaşdi.

Mualliflarga köra, «Kök-sariq» körgazmasidagi eksponatlar Ukraina madaniy razmlari, uşbu mamlakatdagi sönggi ijtimoiy hodisalar, tarixiy voqealar va ukrain an’analaridan gapiradi.

“Bu jihatlar ukrainaliklar uçun yaxşi taniş bölsa-da, xorijda köp hollarda yetarliça ma’lum emasdi. Zamonaviy vizual san’at orqali loyiha Ukrainaning gözalligi, boyligi va öziga xosligini namoyon etdi, mamlakatning milliy öziga xosligi va madaniy merosini keng jamoatçilikka taqdim qilindi”,- deydi Yevropa ittifoqining Özbekistondagi elçisi Toyvo Klaar.

Körgazma oçilişida Anton Ptuşkinning “Biz, uy hayvonlarimiz va uruş” nomli hujjatli filmi ham namoyiş qilindi. Filmda uruşdan jabr körgan hayvonlarni qutqariş uçun hayotini xavf ostiga qöygan askarlar va köngilli ukrainaliklar, xorijliklar tasvirlangan.

Körgazma oçilişi arafasida Özbekistondagi Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning elçilari boşqa yevropalik hamkorlar bilan birgalikda qöşma videomurojaat bilan çiqiş qilib, Rossiya hujumlari natijasida halok bölgan yuzlab bolalar xotirasini yod etişdi.

“Yevropa Ittifoqi Ukrainaga siyosiy, iqtisodiy, harbiy va diplomatik jihatdan eng yirik kömakni bermoqda. Biz adolatli va barqaror tinçlikka olib boruvçi har qanday işonçli yölni qöllab-quvvatlaymiz. Har qadamda Ukraina bilanmiz va Yevropa Ittifoqi timsolida siz doimo işonçli, barqaror hamkorni topasiz”, - dedi elçi Toyvo Klaar.