Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh KXDR bilan hamkorlik qilgan Xitoy banklariga qarshi sanksiya joriy etmoqchi
AQSh Pyongyang bilan aloqalarda gumonlangan Xitoydagi ayrim kichik banklarga qarshi iqtisodiy cheklovlar joriy etishga tayyorlanmoqda, deb xabar beradi Reuters agentligi AQSh rahbariyatidagi manbalariga tayanib.
Ushbu ma'lumotlarga ko‘ra, cheklov choralari yaqin haftalar ichida joriy etilishi mumkin. Agentlik hamsuhbatining so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp «XXRga nisbatan munosabatlarda tobora sabri to‘lib bormoqda» va yaqin kelajakda «Xitoy firmalariga sanksiyalar joriy etilishini bildiruvchi keskinroq yondashuv»ni joriy etishga tayyorlanmoqda.
4 iyul kuni KXDR qit'alararo ballistik raketa sinovini o‘tkazgan. Bunga javoban Tramp jahon hamjamiyatini KXDRdan kelayotgan tahdidga qarshi turishga hamda ushbu mamlakatga uni og‘ir oqibatlar kutib turganini ko‘rsatib qo‘yishga chorladi.
Mavzuga oid
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
17:52 / 10.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi fojiali hodisalar yuzasidan Si Jinpingga hamdardlik yo‘lladi
17:31 / 10.07.2026