Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashash joyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan 9-sinf o‘quvchisi qidirilmoqda

Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani, “G‘ayrat” mahallasi, Iftixor ko‘chasida yashovchi voyaga yetmagan Mashrabboyev Fazliddin O‘ktamjon o‘g‘li 2016 yilning 28 dekabr kuni soat taxminan 17:00da noma'lum sabablarga ko‘ra, yashash joyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan. Bu haqda Kun.uz’ga Andijon viloyat, Qo‘rg‘ontepa tuman IIB xabar bermoqda.
Fazliddin Mashrabboyev – millati o‘zbek, 2001 yil, 19 iyunda tug‘ilgan. Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 11-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, uni Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida ko‘rishgan.
Mashrabboyev Fazliddin O‘ktamjon o‘g‘li haqida ma'lumotga ega bo‘lganlar yaqin oradagi IIBga murojaat etishlari, 102 yoki (8 374) 723 25 02, (+998 90) 147 60 00 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari so‘raladi.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026