Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Honda 2 milliondan ortiq mashinasini qaytarib oladi
Yaponiyaning Honda avtomobilsozlik kompaniyasi dunyo bo‘ylab 2,1 mlnga yaqin avtomobilini qaytarib oladi. Bunga mashinalar akkumulyatorlarining sensorlaridagi nuqsonlar tufayli yong‘in kelib chiqish ehtimoli sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Kompaniya rasmiy vakili Kris Martinning aytishicha, 2,1 maln avtomobildan 1,15 mln donasi 2013-2016 yillarda ishlab chiqarilgan Honda Accord modeli bo‘lib AQShdan qaytarib olinadi. Qolgan 1 mlnga yaqini dunyoning boshqa joylarida sotilgan avtomobillar bo‘lib, ularning barchasida 12 voltli batareya sensorlari almashtiriladi.
Kompaniyaga ko‘ra, unga motor qismida bexosdan yong‘in chiqishi bilan bog‘liq 4ta holat bo‘yicha AQShda murojaat bo‘lgan. Yana bitta holat Kanadada ro‘y bergan. Bu voqealar oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026