Putin Ukraina inqirozi va Donald Tramp haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

Foto: RIA Novosti / Mixail Klimentev Pereyti
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fikricha, Ukrainadagi inqiroz ukrainaliklarning sabri tugaguncha davom etadi. U Lebedin tog‘-kon boyitish kombinati ishchilari bilan muloqotida shunday fikrlarni bildirdi.
Putin metallurglardan birining Ukrainadagi inqiroz qanchalik uzoq davom etishi mumkinligi haqida bergan savolini ritorik deb atagan. "Bizlarning xalqimiz sabrli", — degan prezident, bu ko‘p jihatdan bir xalq vakillari bo‘lgan ruslarga ham, ukrainlarga ham birdek tegishli ekanini qayd etdi.
"Bu qanchalik uzoq davom etadi? Bilmayman. Bu u yerda istiqomat qilayotganlarga bog‘liq. Ular bunga qanchalik chiday olishadi?", — degan Putin. "Umid qilamanki, shu safar hammasi tugaydi. Qonsiz, demokratik jarayonlar yordamida bo‘lsin", — deb qo‘shimcha qilgan Rossiya rahbari.
Davlat rahbari, shuningdek. Moskva va Kiyevning iqtisodiy aloqalari tiklanishiga umid qilishiga e'tibor qaratdi.
Vladimir Putin konchilar bilan uchrashuvda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muloqot borasida ham fikrlarini bildirdi. Uning aytishicha, agar ikki davlat rahbarlarining muloqoti "insoniy ruhda" kechsa, uning ijobiy samara berishiga umid qilish mumkin, degan Rossiya prezidenti.
"Agar shunday muloqot siz aytgandek, insoniy mazmunida davom etsa, u kelgusida ham rivojlanishiga umid qilish mumkin", — degan Putin.
"Bilmadim, u boshqa suhbatdoshlari bilan qanday, ammo bizda — men ham u fikrlarini izhor qilayotganda, hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha g‘oyalarini bildirganida uni tingladim. Biroq, unda odamlar bilan ishlaydigan inson uchun juda muhim bo‘lgan, lekin har doim ham kuzatilavermaydigan tinglash, o‘z vaqtida munosabat bildirish, muloqot qila olish bor", — deya ta'rif bergan Putin amerikalik hamkasbi haqida.
"Bilasizmi… shunday odamlar borki, gapirasan, devorga gapirgandek bo‘lasan. Ular eshitmagandek, o‘z bilganidan qolmaydi", — deya davom etgan Rossiya yetakchisi. Tramp, esa, Putin fikricha, unday odam emas.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 17.05.2025
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01 / 17.05.2025
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36 / 17.05.2025
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23 / 17.05.2025
Mavzuga oid

21:30 / 17.05.2025
Tramp urushni to‘xtatish haqida Putin bilan telefon orqali gaplashishini aytdi

18:55 / 17.05.2025
Putin Ukrainaga oid AQSh tinchlik rejasini Uitkoff bilan muhokama qilishni istamadi

16:28 / 17.05.2025
Kreml Putin-Zelenskiy uchrashuvi qachon o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qildi

15:15 / 17.05.2025