Samarqandda dori-darmon masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Samarqand shahridagi yoshlar markazida O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi hamda viloyat hokimligining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i A.Jo‘rayev ochib bergan yig‘ilishga viloyatdagi dori-darmon ishlab chiqaruvchilar, dorixonalar, sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi rahbarlari, shuningdek bir qator mutasaddi rahbarlar taklif etildi.
So‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Dilorom Nosirova sotuvga chiqariladigan dorilarni sifati, yaroqlilik muddati, ularning haqiqiyligiga e'tiborni kuchaytirish lozimligini ta'kidlab o‘tdi. Soxta dori-darmon vositalari nomma-nom sanab o‘tildi. D.Nosirova slaydlar va diagrammalar misolida respublikada uchrayotgan noxush holatlarni birma-bir tasvirlab, bunday qonunbuzarliklarga qarshi kurashish har bir mutasaddining burchi ekanini aytib o‘tdi.
Bugungi kunda Samarqand viloyatida 500 dan ziyod xususiy dorixonalar borligi, ularning joylardagi 340 dan ortiq shoxobchalari, «Dori darmon» AJning chekka qishloqlarda 100 ga yaqin shoxobchalari aholiga dori-darmon yetkazib berayotgani ta'kidlandi.
Yig‘ilishda respublikamiz buylab ayni kunlarda 150 dan ortiq farmatsevtika korxonalari tomonidan 2200 turdan ortiq dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarilib, aholiga arzon narxlarda yetkazib berilayotgani tilga olindi.
Dorixona tarmoqlarida narx-navoning besabab oshib ketishi holati kuzatilayotgani, bu esa aholining haqli e'tirozlariga sabab bo‘layotgani ta'kidlandi. Dorixonalarda dori vositalarining narxini belgilanishi va nazorati xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vaa Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentiga yuklatilgani aytib o‘tildi.
Ayni paytda Samarqand viloyatida 6 ta mahalliy dori-darmon ishlab chiqaruvchi korxona bo‘lib, 2017–2018 yillarga mo‘ljallangan investitsion loyihalarda ularning sonini 19 taga yetkazish mo‘ljallanayotgani aytildi. Mavjud korxonalarda assortimentlar soni va ishchi o‘rinlarini kengaytirish rejalashtirilgani ta'kidlab o‘tildi.
Yig‘ilish davomida dori-darmon sanoatiga oid kichik ko‘rgazma ham o‘tkazilib, sohadagi yangiliklar bilan tanishtiruvchi materiallar ham tarqatildi.
Sh.Shokirjonov,
Kun.uz muxbiri
Mavzuga oid
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
11:44 / 31.10.2024
Samarqandda yo‘lovchi avtobusi traktor tirkamasi bilan to‘qnashdi
14:23 / 29.10.2024