Kongoda amerikalik jurnalist va yana 11 kishi o‘g‘irlab ketildi
Kongo Demokratik Respublikasida isyonchilar amerikalik jurnalist va 11 nafar mahalliy qo‘riqchilarni o‘g‘irlab ketishdi. Hodisa tabiat qo‘riqxonasi yonidagi nazorat-o‘tkazish punktiga hujum chog‘ida yuz berdi, deb xabar bermoqda Assoshieyted Press agentligi huquqni himoya qilish tashkilotiga asosan.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, hujum Ituri viloyatida yuz bergan. Tinchlik va inson huquqlari himoyasini o‘rganish Markazining xabar berishicha, "May-May Simba" guruhi hujumni amalga oshirgan. Hodisa Mambasa shahridan 40 kilometrlik uzoqlikda sodir bo‘ldi. Markaz ma'lumotiga ko‘ra, britaniyalik ikki fuqaro va Kongo tabiatni qo‘riqlash institutining besh qo‘riqchisi yashirinishga muvaffaq bo‘ldi.
Markaz mamlakat qurolli kuchlarini o‘g‘irlab ketilganlarni izlashga chaqirmoqda. Agentlikning xabar berishicha, Kongoda kishilarni keyinchalik tovon puli undirish maqsadida o‘g‘irlash holatlari ko‘p uchraydi.
Mavzuga oid
23:21 / 05.10.2024
Kongoda Mpox oqibatida vafot etganlar soni 1000 kishiga yaqinlashdi
00:30 / 14.09.2024
Kongoda davlat to‘ntarishiga urinish ishi bo‘yicha 37 kishi o‘lim jazosiga hukm qilindi
00:00 / 06.09.2024
Kongo mpox’ga qarshi vaksinaning birinchi partiyasini qabul qilib oldi
00:48 / 04.09.2024