Özbekiston milliy jamoasining jahon çempionati doirasidagi navbatdagi öyini Kongo jamoasiga qarşi 27 iyun kuni Atlanta şahrida, Mercedes-Benz stadionida bölib ötadi. Uşbu uçraşuv avvalida jamoa boş murabbiyi 26 iyun kuni matbuot anjumani ötkazdi. Fabio Kannavaroga köra, jamoa ikki kuçli raqib bilan öynab böldi, endi Kongoga qarşi öyin nisbatan oson keçişi kerak.

“Ertangi raqibimiz Kolumbiya, Portugaliya bilan soliştirganda ança osonroq. Bizga teoritik jihatdan biroz yengilroq böladi, çunki tarkib böyiça eng kuçli jamoadan ötib oldik. Ijobiy natija qayd etiş haqida öylayapmiz”, dedi jamoa boş murabbiyi.

Uning qöşimça qilişiça, jahon çempionati avvalidan ötkazilgan örtoqlik öyinlarida özini yaxşi namoyon etgani sabab Abduvohid Ne’matovni asosiy darvozabon etib tanlangan.

“Abduvohid Ne’matov men bu yerga kelganimdan beri terma jamoa safida hamda örtoqlik öyinlarida özini yaxşi namoyon etgan. Şu sababli men unga imkoniyat berişga harakat qildim. Sababi jahon çempionati şunday musobaqaki, barçaga tajriba ulaşişi kerak. Agar Abduvohiddek yaxşi darvozabonim bölsa, nega bunday foydalanmasligim kerak”, deydi Kannavaro.

Kolumbiya va Portugaliyaga qarşi uçraşuvda 22 ta öyinçi iştirok etgan. Faqatgina 4 nafar futbolçi uşbu jahon çempionatida hali iştirok etmadi, ya’ni debyut qilmadi. Bular uçinçi darvozabon Botirali Ergaşev, Avazbek Ölmasaliyev, Umar Eşmurodov hamda Jamşid Iskanderov.

22 ta öyinçini maydonga tuşiriş haqidagi savolga Kannavaro javob berarkan, bu yaxşi va barça futbolçilar terma jamoada öynab kördi, Kolumbiya va Portugaliyaga qarşi, deya ta’kidlagan.

Matbuot anjumanidan söng jamoa öyin oldidan maşğulotlarga yöl olgan. Boş murabbiy Kannavaro şuningdek, Osiyo deganda Iordaniya, Iroq, Yaponiya, Avstraliya kabi davlatlar jamoalari kabi öynaş darajasiga çiqiş lozimligini eslatdi.