Jamiyat | 21:18 / 15.07.2017
8776
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada xorijlik a'lochi talabalarga fuqarolik berish jarayoni soddalashtiriladi

Rossiya IIV mamlakat ilm-fan va ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda xorijiy davlatlardan bo‘lgan a'lochi talabalarga fuqarolik taqdim etish jarayonini soddalashtiruvchi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda.

Bu haqda ilm-fan va ta'lim vaziri o‘rinbosari Pavel Zenkovich ma'lum qildi, deb xabar bermoqda «Interfaks».

«Bunday tashabbus ancha avval muhokama qilingandi. Hukumatning topshirig‘i bor. Yaqinda IIV rahbarining birinchi o‘rinbosari Davlat dumasidagi yig‘ilish chog‘ida qonunchilikka kiritilishi mo‘ljallangan va Rossiya OTMlarini a'lo baholar bilan tamomlagan xorijlik talabalarga fuqarolikni taqdim etuvchi jarayonni soddalashtirish nazarda tutilgan qo‘shimchalar haqida ma'lum qildi», - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tashabbus yaqin orada amalga oshiriladi, «Rossiyada qolishni istaydigan xorijiy talabalar esa bunday imkoniyatni qo‘lga kiritishadi».

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid