00:09 / 16.07.2017
5392

AQSh Kongressi Ukrainaga 410 mln. dollar harbiy yordam taklif etdi

AQSh Kongressi vakillar palatasining xarajatlar bo‘yicha qo‘mitasi Ukrainaga 410 million dollardan kam bo‘lmagan harbiy yordam ajratishni taklif qildi, deb xabar beradi UA.Today 

Bu haqda "2018 moliya yilida Davlat departamenti, xorijdagi operatsiyalar va boshqa turdosh dasturlar ehtiyojlari uchun xarajatlar haqidagi qonun" loyihasida qayd etilgan, deb xabar bergan Ukrainaning AQShdagi elchixonasi Facebook’dagi o‘z sahifasida. 

"Davlat departamentining umumiy byudjyeti juz'iy qisqarishlarga duchor bo‘lganiga qaramasdan, Qo‘shma Shtatlar tashqi siyosat idorasi va daxldor agentliklar yo‘nalishi bo‘yicha Ukrainaga yordam smetasi 2017 yil darajasida — 410.465.000 dollardan kam bo‘lmagan hajmda saqlab qolindi", — deyiladi xabarda.

Qonun loyihasi "Xalqaro harbiy moliyalashtirish" dasturi bo‘yicha Ukraina uchun joriy byudjyet yilidan kam bo‘lmagan darajada mudofaa maqsadlarini moliyalashtirishni, shuningdek, zaruriyat tug‘ilganida Ukrainaga qo‘shimcha kredit kafolatlari taqdim etish uchun mablag‘ ajratishni nazarda tutadi.

Top