Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda josuslikda ayblangan amerikalik qamaldi
Eron sudi Amerika fuqaroligiga ega shaxsni AQSh foydasiga josuslik qilishda ayblab, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda Fars xabar tarqatgan.
Uning ismi-sharifi, jinsi, yoshi va boshqa belgilari oshkor etilmayapti. Faqat u ikki fuqarolikka egaligi, shu bilan birga Eron fuqarosi emasligi aytilgan.
Eron adliya vazirligi vakilining qayd etishicha, ayblanuvchi «razvedka ma'lumotlari yiqqan, unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQShdan buyruq berilgan».
Ayblanuvchida sud hukmidan shikoyat qilish uchun 20 kun muddat bor.
2016 yil oktabrida kelib chiqishiga ko‘ra eronlik bo‘lgan amerikalik tadbirkor Siamak Namoziy va uning otasi sud tomonidan 10 yilga qamalgandi. Ular ham AQSh bilan hamkorlikda ayblangandi.
Mavzuga oid
11:29 / 08.05.2026
AQSh va Eron o‘rtasida zarbalar almashinuvi ro‘y berdi
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
21:16 / 06.05.2026
AQSh va Eron mojaroni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolashga yaqin - OAV
09:52 / 06.05.2026