Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy bayramini nishonlagan fransiyaliklar 900ga yaqin avtomobilni yoqib yuborishdi
Fransiyada Milliy kun bayramini nishonlash vaqtida bezorilar 897ta avtomobilni yoqib yubordi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 13 va 14 iyul kunlari politsiya xodimlari tomonidan 368 nafar shaxs qo‘lga olindi. Ushbu kunlarda mamlakatni 86 ming nafar politsiya xodimlari va jandarmlar, shuningdek, 7 ming nafar harbiylar qo‘riqlashgan.
"Qator shaharlarda tartibni saqlash xodimlariga hujumlar aniqlangan, 13 nafar politsiya va harbiy jarohatlangan", – deyiladi xabarda.
O‘tgan yili ushbu bayramda 577 nafar fuqaro qo‘lga olinib, 855ta avtomobilga o‘t qo‘yilgandi.
Mavzuga oid
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
09:35 / 06.07.2026
Shayxontohurda ikki qavatli do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi
10:23 / 04.07.2026