Favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lumotiga köra, 4 iyul kuni soat 04:26 da Toşkent şahri, Uçtepa tumani, Toşkent halqa avtomobil yöli köçasida joylaşgan Örikzor bozoridagi dökonda yonğin sodir bölayotgani haqida xabar kelib tuşgan.

Şundan söng qutqaruv bölinmalari soat 04:35 da voqea joyiga yetib borgan. Yonğin soat 04:48 da qurşab olingan va soat 05:01 da töliq bartaraf etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, yonğin natijasida oziq-ovqat dökonining 150 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmagan.

Ayni paytda yonğinning kelib çiqiş sabablari hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.