Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chirchiqda bosqinchilik bilan shug‘ullangan aka-uka ushlandi
Chirchiq shahar IIB Navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 2017 yilning 15 iyun kuni soat taxminan 01:45larda ikki nafar noma'lum shaxs Chirchiq shahri Gulshan ko‘chasidagi uylarning biriga yuzlariga niqob kiygan holda devor to‘siqlar orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, uy bekasi 1956 yilda tug‘ilgan N. D.ga nisbatan xujum qilib, jismoniy kuch ishlatishlari natijasida tan-jarohati yetkazib, uyda bo‘lgan jami 147.000 so‘mlik buyumlarini bosqinchilik yo‘li bilan egallab olib, jinoyat joyidan yashirinishgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu bosqinchilik jinoyatini Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi aka-ukalar 1991 yilda tug‘ilgan D.B. va 1998 yilda tug‘ilgan K.B.lar bilan bir guruh bo‘lib, oldindan jinoiy til biriktirib, ushbu jinoiy harakatni amalga oshirganligi aniqlandi.
Hayotda, avvalo, o‘ziga kuchi yetgan, o‘zini idora qila olgan inson eng kuchli inson hisoblanadi. O‘zining his-tuyg‘ularini boshqara olmagan hamda oson va mo‘may daromad orttirish payida bo‘lgan bu kimsalar endi qonun oldida javob berishadi.
Mavzuga oid
09:30 / 16.06.2026
Chirchiq bo‘yida yangi ishbilarmonlik va dam olish hududi tashkil etiladi
20:57 / 11.06.2026
Chirchiq daryosi qirg‘og‘ining o‘pirilgan qismini mustahkamlash ishlari boshlandi
13:02 / 02.06.2026
Prezident maishiy va avtomobil kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada bo‘ldi
13:00 / 02.06.2026