Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoshlar ittifoqi uyushmagan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazadi
Joriy yilning 9-10 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostidagi uyushmagan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarda natijadorlikka erishishning ilmiy-amaliy masalalariga bag‘ishlangan respublika konferensiyasi o‘tkaziladi. U O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston “Mahalla xayriya jamoat fondi tomonidan tashkil etilmoqda.
Konferentsiya ishi quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi: uyushmagan yoshlar ijtimoiy qatlamini o‘rganishning ilmiy-nazariy asoslari; uyushmagan yoshlar bilan ishlash: O‘zbekiston va xorij tajribasi; uyushmagan yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, qayta tayyorlash va bandligini ta'minlash masalalari; uyushmagan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etishda davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligini takomillashtirish masalalari; uyushmagan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish masalalari.
Konferentsiya uchun materiallar — 2017 yilning 25 iyul kuniga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida (Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 11-uy) qabul qilinadi.
Taqdim etiladigan materiallarga qo‘yiladigan talablar:
— ilmiy maqolalar konferensiya yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlillarga suyanib, tugallangan fikrlar asosida tegishli taklif va tavsiyalar taqdim etilgan holda bo‘lishi lozim;
— taqdim etilayotgan ilmiy maqolalar soha bo‘yicha yetuk mutaxassislarning kamida bitta taqrizi bilan qabul qilinadi.
Mavzuga oid
14:30 / 18.03.2026
Termizda O‘zbekiston–Rossiya konferensiyasi bo‘lib o‘tadi
20:31 / 13.11.2025
YuNeSKO Bosh konferensiya yuqori darajada o‘tkazilgani tufayli O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi
08:05 / 30.09.2025
O‘zbekiston Aksilkorrupsiya tashabbusi a’zosiga aylandi
09:56 / 12.07.2025