10—11 iyul kunlari Rimda bölib ötgan Ukrainani uruşdan keyingi qayta tiklaş böyiça 4-xalqaro konferensiya iştirokçilari Kiyevga yordam uçun 10 milliard yevrodan ortiq mablağ ajratişga va’da berdi. Bu haqda Italiya boş vaziri Jorja Meloni ma’lum qildi.

«Öylaymanki, biz bugun birgalikda – davlatlar, xalqaro taşkilotlar, moliya institutlari, mahalliy hokimiyat organlari, biznes sektori va fuqarolik jamiyati bilan erişgan natijamizdan faxrlanişimiz kerak», — dedi Meloni. «Bugungi konferensiyada biz birgalikda 10 milliard yevrodan ortiq majburiyatlarni oldik», dedi u.

Jorja Meloni rossiyalik harbiylar tomonidan Ukraina çerkovlari va muzeylari vayron qilinganini keskin tanqid qildi, deb xabar berdi KNA. Bu madaniy boyliklar umumiy Yevropa merosining bir qismidir va ular qayta tiklanadi, deya va’da berdi Italiya boş vaziri.

Öz navbatida, Yevroparlamentdan işonç votumini olgan Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen ham Ukrainaga har tomonlama moliyaviy yordam körsatişga va’da berdi.

Ukraina mudofaa sanoati öz salohiyatining atigi 60 foizida işlamoqda, deya qöşimça qildi u va Yevropa kompaniyalari unga kapital bilan yordam berişi mumkinligiga işonç bildirdi. Fon der Lyayyen Ukrainani qayta tiklaş böyiça yangi Yevropa jamğarmasi taşkil etilişini e’lon qildi, u xususiy mablağlarni jalb qilişi kerak, deb xabar berdi Reuters.