Ma’lum qilinişiça, konferensiya Özbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda “Valday” xalqaro munozara klubi hamkorligida ötkaziladi.

Tadbir Özbekiston va Rossiyadan taniqli ekspertlar, davlat taşkilotlari va ilmiy-tadqiqot markazlari vakillarini bir maydonga jamlaydi.

Özbekiston tomonidan SMTI direktori Eldor Aripov, Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov, taşqi işlar vaziri örinbosari Bobur Usmonov, raqamli texnologiyalar vazirining birinçi örinbosari Oleg Pekos, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Obidxöjayev va boşqalar iştirok etadi.

Rossiya delegatsiyasi tarkibi taşqi işlar vaziri örinbosari Mixail Galuzin, elçi Aleksey Yerxov, “Valday” klubi fondi Kengaşi raisi Andrey Bistritskiy, şuningdek boşqa nufuzli ekspertlardan iborat böladi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi Özbekiston–Rossiya strategik hamkorligini mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport va texnologik sohalardagi hamkorlik istiqbollarini belgilab olişdan iborat.

Tadbir doirasida Yevrosiyoda xavfsizlik va barqarorlik, sanoat hamkorligi, investitsiyalar, raqamlaştiriş hamda transport va savdo infratuzilmasini rivojlantiriş masalalari muhokama qilinadi.

Şuningdek, Tatariston Respublikasi delegatsiyasi iştirokida hududlararo hamkorlikka bağişlangan alohida sessiya taşkil etilişi rejalaştirilgan.

Konferensiya Termiz xalqaro savdo markazida bölib ötadi.