Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madriddagi attraksionda to‘qnashuv yuz berdi, jabrlanganlar ko‘p
Madrid shahridagi ko‘ngilochar bog‘da joylashgan attraksionda yakshanba kuni kunduzi ro‘y bergan hodisa oqibatida jabrlanganlar soni 33 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda EFE agentligi.
Bundan avval 26 inson jabrlangani, ular orasida bolalar ham bor ekani xabar qilingandi. Barcha jarohatlar yengil darajada ekani aytilmoqda.
Hodisaga “Kondan poyezd” amerika balandliklari attraksionida ikkita sostavning to‘qnashib ketgani sabab bo‘ldi. Guvohlarning aytishicha, ulardan biri to‘xtab qolgan, ortidan kelayotgan ikkinchisi esa to‘xtashga ulgurmagan. "Kishilar virtual reallik ko‘zoynaklarida edi, hamda zarbani kutishmagandi", - deyishgan guvohlar.
Attraktsionlar bog‘i ma'muriyatining ta'kidlashicha, amerika balandliklari xavfsizlik tekshiruvlaridan o‘tkazilgan edi.
Mavzuga oid
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
18:11 / 28.06.2026
Boysundagi dor yo‘li attraksionida nosozlik ro‘y berdi
13:52 / 11.06.2026
Jizzaxda attraksion halokati: 4 kishi jarohatlandi
14:36 / 14.05.2026