27 iyun kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumani Omonxona mahallasi hududida joylaşgan qaraşli dor yöli (ziplayn) attraksionida noxuş hodisa qayd etildi.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, mazkur dor yöli attraksioni texnik jihatdan töliq işga tuşirilmagan, davlat röyxatidan ötkazilmagan hamda undan foydalaniş uçun tegişli ruxsatnoma olinmagan bölişiga qaramasdan, fuqaro undan foydalanişga harakat qilgan.

Dor yölining pölat arqonlari belgilangan texnik me’yorlar asosida yetarli darajada tarang tortilmagani hamda qiyalik burçagi talab darajasida ta’minlanmagani oqibatida fuqaro harakat yönalişining örta qismida töxtab qolgan.

Taşkilot xodimlari tomonidan fuqaro xavfsiz tarzda attraksiondan tuşirib olingan.

Hodisa oqibatida fuqaro tan jarohati olmagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi tomonidan örganiş işlari olib borilmoqda.