Jizzax şahridagi «Örda» istirohat boğida attraksion bilan boğliq baxtsiz hodisa yuz berdi.
Voqea 10 iyun kuni taxminan keç soat 22:00 atrofida, «Örda» boğidagi «Niyatjon niyati» MÇJga qaraşli, «Qulaş minorasi» («Başnya padeniya») nomli 16 örindiqli attraksionda röy bergan.
Hodisa oqibatida 4 kişi turli darajada tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda attraksion sinib tuşgani, fuqarolar oğir jarohatlangani aytiladi. Videoda yoş bola Milliy gvardiya xodimlari tomonidan zambilda olib tuşilayotganini köriş mumkin.
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi ma’lum qilişiça, attraksion 2019 yilda işlab çiqarilgan bölib, oxirgi texnik körik 2025 yil 5 noyabrda ötkazilgan.
Hodisa yuzasidan tergovga qadar dastlabki örganiş işlari olib borilmoqda.













