Jahon | 10:55 / 17.07.2017
7296
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada 30 dan ortiq kishi portlash tufayli tiriklayin yonib ketdi

Nigeriyadagi Kalabar erkin savdo zonasidagi neft omborxonasida yonilg‘ining portlashi natijasida 30 dan ortiq inson halok bo‘ldi, yana shuncha kishi turli darajadagi kuyish jarohatlarini oldi. Bu haqda Daily Post Nigeria nashri xabar bermoqda.

Keng ko‘lamli yong‘inga sabab bo‘lgan portlash ishchilar obektlarning biridan to‘kilgan yonilg‘ini konteynerlarga yig‘ishayotgan payt yuz berdi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bunga to‘kilgan yonilg‘i yonida bir insonning chekib turgani sabab bo‘lgan. Boshqa taxminga ko‘ra esa, portlash ishchilardan biri yonilg‘ining bir qismini o‘g‘irlamoqchi bo‘lganida sodir bo‘ldi.

-  Sizlarga shuni aytishim mumkinki, xavfsizlik bo‘yicha menejyer va kompaniyaning xavfsizlik xizmatidagi ba'zi xodimlar halok bo‘lishdi, - deya xabar qilgan yong‘inga guvoh bo‘lgan shaxslardan biri.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid