Google kompaniyasining sobiq dizayn etikasi sobiq rahbari Tristan Harris iOS va Android DTda işlaydigan telefonlarni haqiqatda iş beradigan qurilmaga aylantiriş va ijtimoiy ilovalarni besamar boşqarişlarga vaqtni sarflamaslik borasida tavsiyalarini berdi.

Töğrisini aytganda, smartfonlar insonga berilgan eng qimmatli narsa – vaqtni öğirlaydi. Masalan, elektron poçta ilovasi yangi maktubdan xabar berdi: unga köra, men kimdir Facebook sahifasida nimani qayd etganini bilişim şart ekan. Ekranni oçib, suratni köraman. Böldi, iş tamom. Ammo 5 soniya vaqt ketdi. Ammo, men öz işimga 5 soniyada qaytmayman, balki taxminan 1200 soniyadan keyin qaytaman. 

«Oh, mana bu ahmoqlikka izoh qoldirmasa bölmaydi… Mana bu jozibador çöqqilar qayerda ekan-a?... meni uşbu press-turga çaqirişmadi… Hammangiz suratlaringizni Prisma orqali namoyiş qiliş bilan jonga tegdingiz!..» — oradan 20 daqiqa ötibdi hamki iş şu holiça turibdi, ammo men hamkasblarim va tanişlarimning nima tanovul qilgani, yangi smartfonni kimga sinovga bergani-yu, kimga bermagani,— şu sababli kimlardir sen-menga borgani va kim dam oliş kuni qayoqqa borişini bilib oldim.

Facebook örnida «VKontakte», Instagram yoki yangi öyin ham bölişi mumkin, ammo yuqoridagi holat bir-biriga öxşaş-ku, töğrimi? Xöş, men keraksiz axborotni biliş, virtual jang yoki boşqa bir iş uçun iş vaqtimning 20 daqiqasini ongli ravişda havoga sovurgan bölarmidim? Yöq, albatta. Meni kimdir şunday qilişga majburladimi? Nazdimda yöq. Unda nima yuz berdi?

Raqamli «e'tibor iqtisodiyoti»da bizni öz sayti, ilovasi yoki öyinida köproq vaqtimizni olişni uddalaganlar boy va maşhur böladi. Mahsulot insonni qançalik köp uşlab tursa, uni işlab çiqaruvçilarda şunçalik pul işlaş imkoniyati kengayadi. Diqqatni jalb qiliş butun bir fanga aylangani ajablanarli emas. U bizlarni boşqarişda psixologiya, sotsiologiya va neyrobiologiya fanlarini barobar qöllaydi.

Tristan Harris 2016 yil boşigaça Google kompaniyasining «dizayn etikasi» va «mahsulot falsafasi»ni boşqargan, biroq 2016 yil yanvarida özining Time Well Spent  —  «Yaxşi sarflangan vaqt» taşkilotini boşqariş uçun kompaniyani tark etgan edi. TWS maqsadi  —  IT-kompaniyalarni hozirgi «yaşirin» jalb qiliş usullaridan voz keçiş zarurligiga va insonlarga texnologiyalarni öz foydasiga qöllaşda kömak berişga işontirişdir. 

Harris Medium platformasidagi blogida turli xil keraksiz dasturlar va öyinlarga vaqtni sarflamaslik uçun smartfonni qanday qilib sozlaş haqida hikoya qiladi. 

Axir, Facebook yoki Instagram sahifangizdagi navbatdagi «yoqdi» tugmaçasi sabab huzur gormoni dofamin köproq işlab çiqariladi hamda boş miyada xuşvaqtlik hissi kuçayadi. Quyidagi tavsiyalar Harris blogidagi maslahatlar, TED konferensiyalaridagi çiqişlari va boşqa manbalardan asosida tayyorlangan. 

Bular smartfonlarni sozlaş böyiça sodda maslahatlar (ularning barçasini iPhone telefonida qöllaş mumkin, aksariyati  — Android-qurilmalarda ham bor) va raqamli dunyo sehrgarlarining vaqtingizni «öğirlaşi»ga qarşi ongli ravişda qarşi tura olişingiz böyiça tavsiyalardir. 

1. Asosiy ekran  —  instrumentlar uçun

Gallup sörovlariga köra, amerikaliklarning aksariyati bir soat içida smartfonlarini bir neça marta yoki undan ham köp tekşirişadi. Deloitte tadqiqoti bu boradagi raqamlarga aniqlik kiritgan. 2015 yildagi örtaça körsatkiç kuniga 46 martadir. Bu 2014 yilda 33 marta bölgan.

Har safar heç bölmaganda 1 daqiqadan sarflanganda ham bu kuniga 46 daqiqani, haftasiga 5 soat 20 daqiqani taşkil etadi. Endi, 1 daqiqani 2 daqiqa deb hisoblaganda: 10 soat 40 daqiqa kelib çiqadi. Bu tuşligi va idoraga boriş uçun vaqt bilan qöşib hisoblaganda yana bir iş kunidir.

Şu boisdan ham asosiy ekranda faqat instrumentlar bölişi maqsadga muvofiq. Bular: eslatmalar, taqvim, vazifalar röyxati, ob-havo, xarita yoki taksini çaqiriş dasturi. Poçta ilovasini ham kuniga köpi bilan 5 ta maktub oladigan bölsangiz, şu qatorga kiritsa böladi. Aks holda, u ham ijtimoiy tarmoqlar singari vaqtingizni öğirlaydi. 

Bundan taşqari, ongli ravişda vaqtingizni köproq ötkazişni istagan ilovalar, masalan, ta'lim beruvçi podkastlarni tinglaş, xorijiy til, içilgan suvlar sanoğini olib boruvçi va iş vaqtida oddiy maşqlar kabi ilovalar şular jumlasidan. 

2. Qidiruv qatori = öz-özini nazorat qiliş

Diqqatni köproq öğirlovçi ilovalarning joyi bitta  — ikkinçi ekrandagi papkalar. Ularni tartibga soliş ham kerak emas. Çunki ularni tez qidiriş qatori orqali işga tuşiriş mumkin. iPhone smartfonida Spotlight qidiruvi barmoqni asosiy ekranda tepadan pastga yoki çapdan öngga tomon yurgiziş bilan çaqiriladi. Köplab Android-qurilmalari, xususan, sönggi Sony telefonlarida ham şunga öxşaş funksiya bor.
 
Bu aslida, aytaylik, Instagram sahifasini işga tuşirişga köproq vaqtni talab qiladi. Ammo, bizga aynan şu narsa kerak —  u ilovani öz-özidan işga tuşirişimizga imkon bermaydi. Barmoq bilan F (yoki I) harflarini tera boşlaganingizda rostdan ham kamida 10−30 daqiqani şu ilovada ötkazişni xohlayotganingizni öylab körişga vaqt böladi. 

Agar sizda iOS 9 dasturiy ta'minoti bölsa, qulaylik uçun öylab topilgan yana bir funksiya  — Siri takliflaridan voz keçiş maqsadga muvofiq

3. Ekranni bloklab qöyiş  — döstingiz

Biz oddiy, bir martalik harakatlar uçun ham blokdan çiqaramiz. Ammo, közlagan işni amalga oşiirgaç, u yoki bu «diqqatni yemiruvçilar»ga e'tibor qaratamiz. Şunga köra, bu kabi harakatlarni ekranni blokdan çiqarmasdan amalga oşirişga urining. 

Bu bilan siz ham öz maqsadingizga erişasiz, ham öyin yoki ijtimoiy tarmoqning qarmoğiga ilinmaysiz. Bunda eng yaxşisi asosiy ekranni barmoq izi bilan emas, balki pin-kod bilan bloklaş işonçliroqdir.

iPhone telefonida «Boşqaruv punkti»dan kamera yoki kalkulyatorni işga tuşiriş mumkin. Uyğotğiç soatini belgilaş va çiroqni yoqiş mumkin. 

Turli firmalarning turli dasturiy ta'minotga ega Android-smartfonlarida ekranlar körinişi farqlanadi. 

4. Ikkita ekran yetarli

Ekranni blokdan çiqarib, asosiy ekranga bir soniyaga köz taşlab, ekranni öng va çapga bir neça marta ötkazib, söngra yana ekranni bloklab qöygan vaqtlar köp böladi, e'tibor berganmisiz? Aslida, bizning miyamiz muhimroq iş örniga keraksiz narsa bilan bilan şuğullanişni istaganda va buning uçun taqdirlanişni xohlasa, şunday böladi. U yangi xabarlar yoki «yoqdi» tugmaçalaridan ogoh etuvçi rang-barang işoralarni izlaydi.

Bunga yöl qöymaslik uçun ekranlar sonini ikkitagaça kamaytiriş kerak. Birinçisi «instrumentlar ekrani» va ikkinçisi boşqa barça dasturlar yaşirilgan papkalar ekrani. Bunda, papkalarning birinçi sahifasida bitta ilovani oq-qora rangda qoldiramiz.

5. Xabarlardan ogohlantiriş

Şunday qilib, ilovalarning qimmatli vaqtimizni öğirlaşga urinişlarini anglab yetdik va bu masalani hal etdik. Xöş, smartfon turli ogohlantirişlar bilan jiğingizga teksa, nima qiliş kerak? Asosiysi, ilovalar va xizmatlarning asossiz işoralarini imkon qadar kamaytiriş lozim. Bunda, haqiqiy insonlardan keluvçilarini qoldiriş kerak. Irvindagi Kaliforniya universitetiningDasturiy ta'minotlarning foydalanuvçilar bilan aloqasi sohasida yetakçi tadqiqotçilardan biri Gloriya Mark fikriça, har bir e'tiborni çalğitiş bizga 23 daqiqaga tuşadi. Şundan söng, inson bajarayotgan asosiy işiga qaytadan diqqatini jamlaşi talab etiladi. Bundan taşqari, bizlarni qançalik köp çalğitişsa, biz özimiz ham Instagram, Facebook yoki yangiliklar saytiga kiriş bilan köproq çalğişni xohlab qolamiz. 

Albatta, messenjerlardagi ogohlantirişlarni öçirmaslik kerak. Ammo, Instagram va Facebook kabilarni öçirib qöygan ma'qul. Elektron poçtani ham öçirib qöying. Öqilmagan maktablar öz-özdan yöqolib qolmaydi. Agar siz kimgadir juda zarur bölib qolsangiz, xavotir olmang, ular sizga qönğiroq qilişadi yoki SMS yuborişadi. «Balki, biror muhim narsani ötkazib yuborişim mumkinku?», deb xavotirlaniş befoyda.

20 yillar avval, mobil telefonlari ommaviy tarqalmasdan avval ham insonlar bugungi kundan unçalik ham farqlanmagan holatda istiqomat qilişdi va yaşab kelişmoqda. Heç narsa bölgani yöq.

6. Vibratsiya tuşunçasi

Biz telefonni atrofdagilarga xalaqit bermaslik vajidan va şundagina kamroq çalğiş ilinjida vibratsiya tartibiga ötkazsak, xato qilamiz. Vibratsiyaning har bir işga tuşişi: nima ekan? Degan fikrni uyğotadi. Rahbardan xabardir? Rafiqamdan SMS? Facebook sahifamda qoldirilgan izohmikan? Ba'zi hollarda smartfon öz-özidan vibratsiya qilganidek ham tuyuladi. 

Afsuski, har bir ilova uçun öziga xos vibratsiya turini joriy qilliş yaxşi bölar edi. Biroq, SMS/iMessage va qönğiroqlar uçun öz vibratsiya turini yoziş imkoni bölsa yanada yaxşi bölar edi. 

7. Yaxşisi uyğotgiç soat xarid qiling

Qaysi biri maqbul bölsa şuni sotib oling  —  asosiysi, ortda qolmasin va uyğotsin. Har bir yangi kunni smartfonsiz boşlaş va yakunlaşdan xalos bölsangiz va uni qöşni xonada quvvatlantirişga köniksangiz, kuningiz qançalik özgarişiga guvoh bölasiz. Tong sahar közimizni zörğa oçib, smartfonda körgan ilk xabarimiz kunimizga öz ta'sirini körsatadi. Keçki payt tiniqib uxlaşni xohlasangiz, smartfon ekraniga umuman qaramagan ma'qul. 

Agar yuqoridagi fikrlar notabiiy körinsa, siz haqsiz. Bunday bölişi mumkin emas, aslida. Smartfonlar yoki kompyuterlardagi dasturiy ta'minotlar boşqaça tuzilgan. Insonlar öz vazifalarini bajarişga köproq e'tibor qaratişsa, yaxşiroq bölar edi. Şunda ular kamroq ruhiy tuşkunlikka tuşar, oila va işdan birini tanlaşga majbur bölmas, öz orzusiga yetişi uçun köproq imkoniyatini işga solgan bölar edi. Axir, aynan mobil qurilmalar, kompyuterlar, ularning dasturiy ta'minotlari va ular bilan işlaydigan brauzerlar, kommunikatsiya ilovalari insonlar va «diqqat iqtisodiyoti» öyinçilari örtasida vositaçi böladi. Şu bilan ular omadli investorlarning pulini biz bilan sizning vaqtimizga almaştiradi.