09:55 / 17.07.2017
9894

Toshkent davlat agrar universitetida halqaro aloqalarning bugungi kundagi rivoji

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-2909-sonli qarorida oliy ta'lim muassasalari tomonidan xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-ta'lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yo‘lga qo‘yish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta'lim dasturlari va o‘quv-metodik materiallarni keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali chet el o‘qituvchilari va olimlarini jalb etish, shuningdek, pedagog kadrlarning kasb malakasi va mahoratini sifat jihatidan muntazam oshirib borish, pedagog va ilmiy xodimlarning stajirovkadan o‘tishini yo‘lga qo‘yish, oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarini PhD dasturi va xorijiy magistratura dasturlari asosida o‘qitish kabi vazifalar belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2909-son qarorining 1-bandida ko‘zda tutilgan oliy ta'lim muassasalari pedagog kadrlarining xorijiy mamlakatlarning nufuzli universitetlarida malaka oshirish, stajirovka o‘tash, magistratura va PhD dasturlari bo‘yicha o‘qishlarini tashkil qilish borasida 2017-2021 yillar mobaynida TDAU ning jami 103 nafar o‘qituvchilari, tadqiqotchilari hamda talabalari xorijiy universitetlarda malaka oshirishi, stajirovka, magistratura va doktorantura dasturlarini o‘tashi rejalashtirilgan.
2017/2018 o‘quv yili mobaynida TDAU ning 19 nafar o‘qituvchisi malaka oshirishga, 1 nafar tadqiqotchi doktoranturaga hamda 1 nafar talabasi magistraturaga o‘qishga yuborilishi ko‘zlangan (jami 22 nafar).

Toshkent davlat agrar universiteti bugungi kunda dunyoning rivojlangan AQSh, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya kabi davlatlarining oliy ta'lim ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan 30 dan ortiq shartnoma va memorandumlar imzolagan. Tuzilgan hamkorlik shartnomalariga asosan 6 nafar yuqori malakali olimlar va mutaxassislar 2016-2017 o‘quv yilida pedagog kadrlarning qayta tayyorlash kurslariga jalb etildi, 1 nafar talaba Janubiy Koreyaning Kongju universitetiga 1 yil muddatga o‘qishga yuborilgan, 2 nafar katta ilmiy xodim izlanuvchi Italiyaning Piza universitetiga 3 oylik malaka oshirish kursiga o‘qishmoqda, 3 nafar talaba Latviya qishloq xo‘jalik universitetiga 1 oylik stajirovkada bo‘lishdi, Germaniyaning Bavariya fermerlar uyushmasiga 12 nafar talaba, Rossiya Federatsiyasining Janubiy Ural davlat agrar universitetiga 55 nafar talabalar 6 oylik ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tash uchun hamda o‘zaro tajriba almashish maqsadida yuborilgan. Ushbu talabalar ishlab chiqarish amaliyotidan so‘ng o‘zlarining hoxishiga ko‘ra ushbu davlatlarda magistratura mutaxassisliklarida o‘qishlari uchun imkoniyatlar yaratiladi.
 

Top