Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: KXDR qimmatbaho soatlar va zargarlik buyumlarini sotishdan tushgan pulni yadro dasturiga sarflamoqda
Shimoliy Koreya qimmatbaho soatlar, zargarlik buyumlarini sotishdan tushgan mablag‘larni o‘z yadro dasturini moliyalashtirishga sarflamoqda, deb yozadi Daily Mail.
OAVda Pxenyandagi ikkita nufuzli do‘kondan olingan fotosuratlar tarqaldi. Iddao etilishicha, ular Puksae Shop va Pottongang Ryugyong Shop savdo nuqtalaridir.
Suratlarda turli mahsulotlarni ko‘rish mumkin, ular orasida – parfyum, kiyim-kechak, zargarlik buyumlari bor.
Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, taqdim etilgan mahsulotlar orasida Montblanc markali soat ham bor, biroq brendning egasi – Richemont kompaniyasining xabar berishicha, KXDR yoki sanksiyalar ostida bo‘lgan boshqa davlatlarda savdo qilmaydi.
Kompaniyada ushbu holatda gap mahsulotlarni noqonuniy yetkazib berish yo‘li, soxta tovarlar yoki eski mahsulotlar haqida borayotganini istisno etishmagan.
Avvalroq Yaponiya Shimoldan tahdid bahonasida o‘z konstitutsiyasini o‘zgartirish niyatida ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:59 / 30.06.2026
400 kg uran nega 60 foizgacha boyitilgan? Eron elchisining javobi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
10:20 / 30.03.2026