Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokio: Seul va Pxenyan muzokaralari KXDRga bosim o‘tkazish siyosatiga zid emas
Yaponiya hukumati Janubiy Koreyaning KXDR bilan muzokaralar o‘tkazish taklifini qo‘llab-quvvatlaydi. Ikki davlat mudofaa ma'muriyatlari vakillari ishtirokida tashkil etilishi kutilayotgan muzokaralar Pxenyanga bosim o‘tkazish siyosatiga ta'sir etmaydi. Yaponiya Vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga matbuot anjumanida shunday bayonot berdi.
"Biz Pxenyanga bosim o‘tkazish bo‘yicha Yaponiya, AQSh va Janubiy Koreya o‘rtasida erishilgan kelishuv nuqtainazaridan hech qanday muammo ko‘rmayapmiz. Shu bilan birga, biz kelgusida ham Shimoliy Koreyaga nisbatan muloqot, bosim o‘tkazish va harakatga harakat bilan javob berish siyosatini yuriitish niyatidai", - degan Suga.
17 iyul kuni Janubiy Koreya KXDRga mudofaa vazirliklari vakillari bilan Pxanmunjom chegara punktida muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi. Koreya yarim orolidagi keskinlikni pasaytirishga qaratilgan uchrashuv 21 iyul kuni bo‘lib o‘tishi kerak. Janubiy Koreya tomoni, shuningdek, ayni shu yerda 1 avgust kuni Qizil Xoch yo‘nalishi bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazish fikrini ilgari surdi.
Mavzuga oid
18:51 / 23.04.2026
Uyquda bosh holatini o‘zi o‘zgartiradigan Mirukuru yostig‘i taqdim etildi
10:44 / 23.04.2026
Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
12:54 / 04.04.2026