Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippinda jangarilar prezidentning qo‘riqlash xizmatiga hujum qildi
Filippin janubidagi Kotabato viloyatida jangarilar prezidentning qo‘riqlash xizmatiga hujum qildi.
Anadolu agentligining xabar berishicha, hujum natijasida xavfsizlik xizmatining yetti xodimi jabrlandi.
Hodisa qo‘riqlash xizmati mashinalari Arakan va Davao shaharlari o‘rtasida bo‘lganida yuz bergan.
Qo‘riqchilar Kagayan-de-Oro shahriga yo‘l olayotgan bo‘lgan, u yerda mamlakat prezidenti Rodrigo Dutertening tashrifidan avval xavfsizlik bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilishi lozim edi.
Avvalroq Filippin prezidenti Rodrigo Duterte parlamentdan mamlakat janubidagi harbiy holatni yil oxiriga qadar uzaytirish haqida so‘ragani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:10 / 09.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidentiga ta’ziya maktubi yubordi
15:38 / 08.06.2026
Filippinda kuchli zilzila: kamida 32 kishi halok bo‘ldi
19:02 / 21.04.2026
Urush tugaganiga ishonmagan “samuray” – 1974 yilgacha Filippinda jang qilgan yapon zobiti kim edi?
15:09 / 24.02.2026