Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imkoniyati cheklangan kishilarning pasportlari xonadonlarda topshirilmoqda
Andijon viloyati, Shahrixon tumanida pasport bo‘linmasiga kelishga imkoniyati bo‘lmagan, nogiron fuqarolarga biometrik pasportlarni yashash joylarida topshirish yo‘lga qo‘yilgan.
Tuman IIB pasport bo‘linmasi tomonidan tashkil qilingan ishchi guruh joylarga chiqib, xonadonning o‘zida biometrik talabnomalar shakllantiradi va tayyor bo‘lgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatni haftaning har payshanbasida o‘tkaziladigan profilaktika kuni doirasida IIB mas'ul kishilari ishtirokida tantanali tarzda topshirmoqda. Bu haqda Kun.uz’ga Shahrixon tuman IIB xabar bermoqda.

Shu kunga qadar pasport bo‘linmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida tuman aholisining jami 148 ming 624 nafari biometrik pasportga ega bo‘lishdi. Hududda yashovchi 200dan ziyod imkoniyati cheklangan kishiga esa O‘zbekiston fuqarosining biometrik pasporti o‘z yashash joyida topshirildi.
Mavzuga oid
10:22 / 02.10.2025
Readmissiya qilinganlarga xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish tartibi belgilandi
19:13 / 23.05.2025
Litva 1 iyundan Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportini tan olmaydi
18:53 / 13.05.2025
Deportatsiya qilinganlarga 2 yil davomida xorijga chiqish pasporti berilmaydi
17:38 / 05.11.2024