Yöriqnomaga köra, readmissiya qilingan şaxslar töğrisidagi ma’lumotlar Migratsiya va personallaştiriş departamenti (MvaPD) tomonidan «Pasport-viza» axborot tizimiga kiritiladi.

Quyidagi holatlarda istisno tariqasida readmissiya qilingan fuqarolarga xorijga çiqiş pasporti rasmiylaştirib beriladi:

🔹 fuqaroning yaqin qarindoşi xorijda vafot etganda;
🔹 fuqaro yoki uning yaqin qarindoşiga xorijiy davlatda ixtisoslaşgan tibbiy yordam körsatiş yoki jarrohlik amaliyotini ötkaziş zarur bölganda;
🔹 fan olimpiadasi, ta’lim yoki xalqaro sport musobaqasida iştirok etadigan bölsa;
🔹 yaşaş joyi Özbekistonning çegara zonasi va eksklav hududlarida bölganda;
🔹 prezident va Vazirlar Mahkamasining hujjat va topşiriqlari, şuningdek prezident administratsiyasi rahbarining topşiriqlari ijrosini ta’minlaş zarur bölganda.

Fuqarolar istisno tariqasida xorijga çiqiş pasportini rasmiylaştiriş uçun MvaPD yoki uning hududiy boşqarmalariga murojaat qiladi.