Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomalariga muvofiq readmissiya qilingan fuqarolarga ikki yil davomida xorijga çiqiş biometrik pasportini beriş böyiça davlat xizmati körsatilmaydi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.
Readmissiya qilingan şaxslar — Özbekiston va boşqa davlatlar örtasidagi xalqaro kelişuvlar asosida, öz ixtiyori bilan yoki majburiy ravişda Özbekistonga qaytarilgan fuqarolar.
«Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi hukumat qaroriga muvofiq, 2025 yil 1 sentabrdan boşlab Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan xorijiy davlatning qonunçilik hujjatlarini buzişi oqibatida deportatsiya qilingan, şuningdek, Özbekiston Respublikasining xalqaro nufuziga va obro‘-e’tiboriga salbiy ta’sir körsatuvçi xatti-harakatlarni sodir etgan fuqarolarga doir ma’lumotlar Migratsiya jarayonlariga doir ma’lumotlarning yagona elektron bazasi orqali yuritiladi.
Yagona ma’lumotlar bazasiga elektron reyestr sifatida quyidagilar kiritiladi:
- Taşqi işlar vazirligi tomonidan xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalaridan olingan ma’lumotlar;
- Içki işlar vazirligi tomonidan xalqaro şartnomalarga muvofiq readmissiya qilingan şaxslar haqidagi ma’lumotlar;
- Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va uning xorijdagi vakolatxonalaridan (vakillaridan) olingan ma’lumotlar.
Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomalariga muvofiq readmissiya qilingan fuqarolarga 2 ikki yil davomida xorijga çiqiş biometrik pasportini beriş böyiça davlat xizmati körsatilmaydi.
Bunda readmissiya qilingan fuqarolarga çet elga çiqişi uçun biometrik pasporti rasmiylaştirib beriladigan istisno holatlar Içki işlar vazirligi tomonidan belgilanadi.













