Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tehron AQShning Eronga qarshi sanksiyalaridan norozi
Eron TIV rahbari Muhammad Javod Zarif AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalar kiritganidan qattiq g‘azabda ekanini bildirdi.
Donald Tramp ma'muriyati e'lon qilgan yangi sanksiyalar Eron va AQShning munosabatlariga yanada salbiy ta'sir ko‘rsatadi, degan Eron diplomatiyasi rahbari Amerikaning CBS telekanaliga bergan intervyusida.
«Yangi sanksiyalar yadro kelishuviga zid. Eron ularni ko‘rib chiqadi hamda bu yadro kelishuvi matnini buzadi, degan xulosaga kelsa, javob choralarini ko‘radi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi vazir.
Zarifning eslatishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp avvalroq olti davlat fuqarolariga Qo‘shma Shtatlar hududiga kirishni taqiqlab qo‘ygandi, ular orasida Eron ham bor.
«Fikrimcha, AQSh rahbariyati Eronga dushmanlik kayfiyatidagi signallar yuborishni to‘xtatishi lozim. Vashington Eronga nega qarshi chiqayotganini tushuna olmayapman. Bu, ularga tahdid uyg‘otishi mumkin bo‘lgan ittifoqchilari bor ekaniga qaramay yuz bermoqda», - deya ta'kidlab o‘tdi eronlik vazir.
Avvalroq AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalar kiritgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:10 / 06.07.2026
Eronning yana bir “kuzir”i - Afrika va Osiyoni ajratib turgan Bob al-Mandab bo‘g‘ozi haqida
10:17 / 06.07.2026
Tehrondagi dafn marosimi: Xominaiyning uch o‘g‘li ko‘rinish berdi
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026