Yurist javobi: Kadastr hujjatlari uchun to‘lov va ularni tiklash tartibi
SAVOL: Uy-joyga kadastr hujjatlari (yig‘majild) tayyorlashda qaysi hujjatga muvofiq pul to‘lovlari olinadi?
Z.ORTIQOVA, Toshkent viloyati
JAVOB: Kadastr yig‘majildini tayyorlash ishlarining qiymati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan «Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorga muvofiq qishloq joylarda qurilish osti maydoni 100 kv.metrgacha bo‘lgan xonadonga har bir kvadrat metr uchun minimal ish haqining 1 foiz miqdorida, 100 kv.metrdan yuqorisiga bir minimal miqdorida belgilanadi.
KADASTR hujjati (yig‘majildi) yuqolgan yoki yaroqsiz holga kelganda kadastr hujjatlarini tiklash uchun nima qilish kerak va qancha muddatda bajariladi?
R.KARIMOV, Surxondaryo viloyati
JAVOB: Kadastr yig‘majildi yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelganda huquq egasining arizasiga muvofiq tuman (shahar) «Yermulkkadastr» davlat korxonasi arxivida saqlanayotgan kadastr yig‘majildining huquq egasiga tegishli qismlaridan nusxa olinadi. Ushbu nusxalardan iborat kadastr yig‘majildining har bir varag‘iga tuman (shahar) kadastr davlat korxonasi rahbari tomonidan asliga to‘g‘ri degan yozuv kiritiladi va imzolanadi hamda ariza kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida huquq egasiga topshiriladi.
Savollarga O‘zbekiston Respublikasi «Yergeodezkadastr»
Davlat qo‘mitasi yuridik xizmati boshlig‘i Jamshid AMIRQULOV javob berdi.
Tavsiya etamiz
"Husanov tezroq ingliz tilini o‘rganishiga umid qilaman. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari ajoyib" – Gvardiola Abduqodir Husanov haqida
Sport | 23:12 / 22.01.2025
Katanets ketdi. U O‘zbekistonni JChga yaqinlashtirgandi
Sport | 21:24 / 22.01.2025
“Oxirgi so‘zni Oliy sud aytadi” - tahlilchilar Trampning antimigratsiya choralari haqida
Jahon | 16:10 / 22.01.2025
Bayden oila a’zolari va Kapitoliyga hujum tergovchilarini oldindan afv etdi. Bu nima uchun kerak?
Jahon | 15:46 / 22.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Jamiyat | 17:42
-
FT: Kiyev G‘arbdagi ittifoqchilari Ukrainaga 50 ming harbiy yuborishiga umid qilmoqda
Jahon | 17:28
-
Qozog‘iston o‘rtacha maosh miqdori bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchi deb topildi
Jahon | 17:16
Mavzuga oid
11:37
Toshkentda advokat va yurist qo‘lga olindi
16:12 / 20.01.2025
Toshkent shahri hokimligi ko‘chmas mulk sotib olishda ehtiyot bo‘lishga chaqirdi
08:21 / 14.01.2023
2022 yilda yerni o‘zboshimchalik bilan egallash bo‘yicha 18,5 mingta holat aniqlandi
10:42 / 03.01.2023