Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarida korrupsiya bilan boğliq ikki holatga çek qöyildi.
Ma’lum qilinişiça, Samarqand viloyatidagi «Urguttumangaz» gaz ta’minoti bölimining mansabdor xodimi hamda uşbu taşkilotning sobiq xodimi mahalliy MÇJga qaraşli işlab çiqariş sexiga yangi tabiiy gaz taqsimlaş uskunasini örnatiş uçun loyiha hujjatlarini rasmiylaştiriş va texnik şart ruxsatnomasini olib beriş evaziga 2 ming AQŞ dollari talab qilgan. Ular söralgan pul mablağini olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Qaşqadaryo viloyatida esa Kadastr agentligining tuman bölimi boşliği mahalliy fuqaroga issiqxona quriş uçun ajratilgan 50 sotix suğoriladigan yer maydonini boşqa şaxs nomiga rasmiylaştirib berişni va’da qilib, buning uçun muqaddam 11 600 AQŞ dollari olgani aniqlangan.
Tergovga qadar tekşiruvda mansabdor şaxs olgan mablağining bir qismini — 49,7 mln sömni qaytarib bergan vaqtida uning noqonuniy harakatlari foş etilgan. Keyinçalik qolgan 89,5 mln söm ham jabrlanuvçiga qaytarilgan.
Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
DXX fuqarolarga murojaat qilib, kundalik hayotda korrupsiya va boşqa qonunbuziliş holatlariga duç kelganda, idoraning 1520 qisqa raqamiga qönğiroq qilib xabar berişni söradi. Qayd etilişiça, murojaat etuvçilarning şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi.













