Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik krovatli avtobuslar harakatini yo‘lga qo‘ydi
Shaharlar bo‘ylab avtobusda sayohat qilish, ayniqsa, ularda tunda harakatlanish insonni charchatib qo‘yadi. O‘rindiqda uxlab qolish har tomonlama noqulay: sakraysiz, qimirlaysiz, cho‘chib tushasiz, tongda esa tanada kuch qolmaydi. Tom Kurier avtobuslarga qulay krovatlar o‘rnatish lozimligini o‘ylab topdi. Krovatlar bilan jihozlangan ikkita mashinani Los-Anjyeles — San-Frantsisko yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lga qo‘ydi. Avtobus 23.00da yo‘lga chiqib, kelasi kuni 7.00da belgilangan joyda bo‘ladi.

Loyihaning nomi - SleepBus. Avtobuslar ikki qavatli bo‘lib, ularda 24 bo‘lim bor va har birida krovat, konditsioner, deraza, o‘qish uchun lampa, gadjyetlarni zaryadlash uchun rozetka o‘rnatilgan. Yo‘lovchilarga choyshablar va shovqin qaytargichlar beriladi. Bundan tashqari, SleepBus'da Wi-Fi, qahva, choy, suv va hojatxona ham mavjud. Har bir bo‘linma bir yo‘lovchiga mo‘ljallangan.

Chipta narxi 115 dollardan (oddiy avtobuslarda chipta narxi - 25 dollar) boshlanadi. Joylarni bronlash onlayn amalga oshiriladi. Xizmat iyun oxiridan beri ishlamoqda. Agar loyiha o‘zini oqlasa, avtobuslar boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham krovatlar bilan harakatlana boshlaydi.



Mavzuga oid
13:02
Ukraina litiy qazib olish huquqlarini amerikalik investorlarga berdi
20:24 / 12.01.2026
Eron hukumati namoyishlarni to‘liq nazoratga olganini ma’lum qildi
15:21 / 12.01.2026
15 mingdan ortiq o‘zbekistonlik AQShga bordi - safarlar maqsadi bo‘yicha taqsimot
13:30 / 12.01.2026