O‘zbekiston | 21:45 / 20.07.2017
14107
2 daqiqa o‘qiladi

Mudofaa vazirligi oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish bo‘yicha tanlov e'lon qildi

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda respublikaning barcha hududida joylashgan Mudofaa vazirligi savdo boshqarmasi savdo nuqtalari orqali sotish maqsadida ayrim oziq-ovqat va birinchi ehtiyoj mahsulotlarini (kolbasa va go‘sht, konserva, qandolat mahsulotlari, salqin ichimliklar, shaxsiy gigiyena vositalari va boshqalar) sotib olish maqsadida tanlov e'lon qildi.

Ushbu tanlovda yuqorida ko‘rsatilgan mahsulotlarni yetkazib berish imkoniyatiga ega barcha korxona va tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin.

Shuningdek, tanlov jarayonida respublika hududidagi ishlab chiqaruvchilarga ayrim qo‘shimcha imtiyozlar taqdim qilinadi (masalan, xarid qilish huquqi tanlovsiz amalga oshirilishi mumkin).

Shu bilan birga Mudofaa vazirligi xodimlari va ularning oila a'zolarini yuqori sifatli mahsulotlar bilan ta'minlash maqsadida 2017 yil 27 iyul kuni soat 16:00 da Mudofaa vazirligi Ma'naviyat va targ‘ibot markazida (oldingi “Aviasozlar saroyi”) tadbirkorlar va yuqoridagi mahsulotlarni yetkazish imkoniyati bor korxona rahbarlarini qatnashish jarayoni bo‘yicha o‘tkaziladigan seminarga taklif qiladi.

Tijorat takliflari quyidagi manzilda qabul qilinadi: Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 100-uy, (ruxsatnomalar byurosi). 

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun:

Telefon raqamlar: 269-88-82, 269-88-27, 269-88-52.
Faks: 262-82-28
Elektron pochta: mudofaa@umail.uz

Mavzuga oid