Özbekistonda Havo hujumidan mudofaa qöşinlari va Harbiy havo kuçlari qömondonligi negizida Qurolli Kuçlar Harbiy havo kuçlari jangovar qömondonligi taşkil etilmoqda. Bu haqda davlat rahbari huzuridagi taqdimotdan keyin mudofaa vaziri Şuhrat Xolmuhammedov ma’lum qildi.
Vazirning sözlariga köra, prezident Şavkat Mirziyoyev Harbiy havo kuçlari jangovar qömondonligini taşkil etişga oid “tarixiy farmon”ni imzolagan (hujjat hali e’lon qilinmadi).
Yangi taşkil etilayotgan qömondonlik zamonaviy raqamlaştirilgan boşqaruv tizimiga ega bölişi közda tutilgan.
“Yuqori aniqlikdagi qurollarga ega aviatsiya texnikalari, uçuvçisiz aviatsiya komplekslari bilan qurollangan yangi bölinmalarni taşkil etiş orqali harbiy havo kuçlarining jangovar qobiliyati va imkoniyatlarini oşiriş böyiça aniq çora-tadbirlar belgilanmoqda,
Albatta, uşbu farmon harbiy aviatsiya va havo hujumidan mudofaa bölinmalarining jangovar imkoniyatlarini ikki barobarga oşişiga, şuningdek, muhim va strategik obektlarni havo zarbalaridan himoyalaş qobiliyatini yanada kuçaytirişga xizmat qiladi”, – dedi general Holmuhammedov “Özbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida.

Uning qöşimça qilişiça, prezident Şavkat Mirziyoyev harbiy tibbiyot sohasidagi hamkorlikka doir Özbekiston–Turkiya hukumatlararo bitimni tasdiqlaş töğrisidagi qarorni ham imzolagan.
Bitimga köra, davolaş işi, stomatologiya, farmatsevtika, profilaktika, tibbiy kasb-hunar va hamşiralik kabi yönalişlarda mutaxassislarni öqitiş, qayta tayyorlaş, malakasini oşiriş, özaro tajriba almaşiş va bemorlarni davolaş borasida hamkorlik qiliş belgilanmoqda.












