Özbekistonda mudofaa işlari organlari faoliyatiga “nol byurokratiya” tamoyilini joriy qiliş maqsadida harbiy hisobga oliş, tibbiy va çaqiruv komissiyalarini raqamlaştiriş közda tutilmoqda.
Mudofaa vaziri Şuhrat Xolmuhammedovning ma’lum qilişiça, 16 yoşga tölgan va ID karta olgan öğil bolalar töğrisidagi ma’lumotlar IIVning axborot tizimidan olinib, ular avtomatik tarzda harbiy hisobga qöyiş tartibi joriy etiladi.
Mudofaa işlari bölimlarida tibbiy komissiyadan ötiş tartibi bekor qilinib, barça tibbiy körik tadbirlari tuman (şahar) markaziy köp tarmoqli poliklinikalarida amalga oşiriladi.
“Muhtaram prezidentimiz barça takliflarni ma’qullab, bu boradagi işlarni jadallaştiriş yuzasidan bir qator topşiriqlarni belgilab berdilar”, – dedi vazir 8 iyun kuni davlat rahbari huzuridagi taqdimotdan keyin “Özbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida.
General Xolmuhammedovning sözlariga köra, prezident Şavkat Mirziyoyev imzolagan qarorga asosan:
Toşkent va Samarqand şaharlarida xizmat ötayotgan harbiy xizmatçilarga turar joy ijarasi uçun tölanadigan pul kompensatsiyasi 25 foizga oşirildi;
mudofaa işlari organlari fuqaro xodimlarining iş haqi joriy yil 1 iyuldan 20 foizga, 2027 yil 1 yanvardan yana 50 foizga oşiriladi.












