O‘zbekiston | 23:05 / 20.07.2017
17153
2 daqiqa o‘qiladi

Prezidentning Davlat maslahatchisi qashqadaryolik uyushmagan yoshlar muammosi bilan qiziqdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyovning joriy yil 5 iyuldagi PF-5106-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Prezidentning yoshlar siyosati bo‘yicha Davlat maslahatchisi – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quranboyev Qashqadaryoga tashrif buyurib, Shahrisabz shahri, Shahrisabz, Kitob va Chiroqchi tumanlaridagi uyushmagan yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida chekka qishloq va mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarni qiynayotgan muammolari tinglanib, bartaraf etish choralari ko‘rildi. 

Ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi yoshlar bergan takliflardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston yoshlar ittifoqini “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida professional faoliyatini amalga oshiruvchi tuzilmaga aylantirish bo‘yicha 5 yillik strategik dastur (yo‘l xaritasi) loyihasini ishlab chiqishdan iboratdir.

Shuningdek, ushbu tashrif davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Shahrisabz shahri, Shahrisabz va Kitob tuman Kengashlariga rais saylandi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Shahrisabz shahar Kengashiga Sherzod Islamov, Shahrisabz tuman Kengashiga Abdishukur Yangiyev va Kitob tuman Kengashiga Jasurbek Rasulovlar  saylandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid