Jamiyat | 22:20 / 20.07.2017
11581
3 daqiqa o‘qiladi

Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlab yurgan shaxs jazoni ijro etish muassasasiga qaytarildi 

Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlab yurgan shaxs Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Xo‘jayli tuman IIB HPB Jazoni ijro etish inspeksiyasi xodimlari tomonidan jazoni ijro etish muassasasiga qaytarildi. Bu haqda Kun.uzga IIV huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Xo‘jayli tumanida tashkil etilgan sayyor sud majlisidan lavha 

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 14 martdagi «Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida haftaning har payshanba kuni «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» etib belgilangan va ushbu kunlari joylarda sayyor sudlar tashkil etilib, muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimizda inson huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi, shunga ko‘ra ayrim turdagi jinoyatlar bo‘yicha shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni qo‘llash orqali ularni sog‘lom turmush tarziga qaytirish amaliyoti keng qo‘llanilmoqda.

Bu turdagi jazoni o‘tayotgan mahkumlar o‘z oilasining bag‘rida halol mehnat qilib, sodir etgan jinoyatidan o‘ziga to‘g‘ri xulosa qilib, jamiyat uchun foydali mehnat orqali jamiyatning sog‘lom kishisiga aylanish imkonidan foydalanmoqda. Ammo, ayrim shaxslar yaratilgan bunday imkoniyatdan suiiste'mol qilgan holda tayinlangan jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlab, jazoni ijro etish muassasasiga qaytarilmoqda. 

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani IIB Jazoni ijro etish inspeksiyasi hisobida turgan, hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlardan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarmay axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan bo‘yin tovlab yurgan Payzullayev Paraxat Urinbayevichning o‘talmay qolgan 1 yil 9 oy 18 kun axloq tuzatish ishlari jazosi ozodlikdan mahrum etish jazosiga almashtirildi. 

Xo‘jayli tumanida tashkil etilgan sayyor sud majlisidan lavha 

Shuningdek, o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan Xo‘jayli tumani IIB Jazoni ijro etish inspeksiyasi hisobida turgan Abdullayev Ergash Ametovich o‘talmay qolgan 10 oy 28 kun axloq tuzatish ishlari jazosidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.

Xo‘jayli tumanida tashkil etilgan sayyor sud majlisidan lavha 

 

Mavzuga oid