Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda qiymati qariyb 204 mln dollar bo‘lgan sement zavodi quriladi
Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida umumiy qiymati 203,9 mln AQSh dollari bo‘lgan, quvvati yiliga 1,2 mln tonna portlandsementni tashkil etuvchi sement zavodi quriladi. Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 20 iyuldagi qarorida belgilab qo‘yilgan.
Zavodni qurish ishlarida «Zhejiang Shangfeng Building Materials Co. Ltd» (Xitoy), «Tunli» (Xitoy), «Juydam Ta'mir Qurilish» MChJ (O‘zbekiston) kabi kompaniyalar ishtirok etadi. Ularning negizida «Shangfeng-Bridge of Friendship» qo‘shma korxonasi tashkil etildi.
Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida «Shangfeng-Bridge of Friendship» MChJ QKga qator imtiyozlar va preferensiyalar beriladi.
Shuningdek, O‘zbekiston avtomobil yo‘llari bo‘yicha Davlat qo‘mitasi, Uy joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, «O‘zbekenergo» AJ, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ hamda «O‘ztransgaz» AJga ushbu loyihani o‘z vaqtida amalga oshirish uchun ko‘mak ko‘rsatish vazifasi topshirildi.
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari -«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisi A. Ramatov hamda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov zimmasiga yuklandi.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026