Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada liberal-demokratlarning yangi yetakchisi ma'lum, u YeIdan chiqishga qarshi
Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Devid Kemeron ma'muriyatida biznes, innovatsiyalar va professional ko‘nikmalar bo‘yicha sobiq vazir ser Vins Keybl “Liberal demokratlar” partiyasining yangi yetakchisiga aylandi. Bu haqda Sky News telekanali xabar bergan.
74 yoshli siyosatchi bu lavozimni hech qanday raqobatsiz egalladi, sababi liberal demokratlardan hech kim partiya rahbari uchun o‘z nomzodini qo‘ymadi.
14 iyun kuni liberal demokratlarning avvalgi yetakchisi Tim Farron iste'foga chiqqandi. U siyosiy kuch rahbari sifatidagi funksiyalarini o‘z diniy qarashlari bilan uyg‘unlashtira olmagan.
Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishiga qarshi bo‘lgan Keyblning o‘ziga xos g‘alabasi – avvaldan ma'lum edi, sababi aynan u bu partiyadan vakillar Palatasidagi deputatlar orasida eng katta nufuzga ega. 2010 yilda Keybl Londonning Tuikenem saylov okrugida mamlakatdagi eng yaxshi natijani qayd etgandi, biroq 5 yildan so‘ng, liberal demokratlar obro‘sining tushishi fonida quyi palataga saylana olmadi, bu esa o‘ziga xos siyosiy sensatsiyaga aylandi.
Keybl 2006-2010 yillar davomida o‘z partiyasi yetakchisining o‘rinbosari bo‘lgan. 2010 yilda u koalitsion konservatorlar va liberal-demokratlar hukumatini tashkil etishda katta o‘rin tutdi hamda besh yillik muddatga (2010-2015 yillar) eng muhim vazirlik lavozimlaridan birini egalladi.
“Liberal demokratlar” ko‘p yillar davomida mamlakatdagi uchinchi siyosiy kuch bo‘lib kelgan. 2005 yilgi umumiy saylovlarda ular vakillar palatasida 62, 2010 yilda esa – 57 o‘rinni qo‘lga kiritishgan. Biroq 2015 yilgi saylovlar ular uchun katta muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topdi: partiya parlamentning quyi palatasiga atigi sakkiz vakilini kirita oldi. 2017 yilgi saylovlar natijalariga ko‘ra, liberal demokratlar vakillar palatasida 12 o‘ringa ega bo‘ldi.
Mavzuga oid
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026