Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Komilov Afg‘oniston delegatsiyasi bilan uchrashdi
Foto: TIV matbuot xizmati
2017 yilning 21 iyul kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Afg‘oniston Islom Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Delegatsiya tarkibidan Afg‘oniston Prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muhammad Hanif Atmar, Prezidentning infratuzilmalar, kadrlar resurslari va texnologiyalar bo‘yicha katta maslahatchisi Muhammad Humoyun Qayumiy, Prezidentning MDH mamlakatlari va Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili Shokir Korgar hamda boshqa rasmiy shaxslar o‘rin olgan.
Vazirlikda ikki tomon kun tartibining keng qamrovli masalalari muhokama qilindi hamda xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani bilan joriy yilning 8 iyul kuni ShHTning Ostona sammiti doirasida o‘tkazgan uchrashuvi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi.
TIVdagi suhbatda Afg‘oniston Elchisi Sayid Shahobiddin Timuriy ishtirok etdi.
Afg‘oniston delegatsiyasining tashrifi dasturiga ko‘ra, aniq takliflarni ko‘rib chiqish maqsadida O‘zbekistonning qator vazirliklari, idoralari va yetakchi korxonalarida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
20:01 / 17.02.2026
Afg‘onistonga sovetlar bosqinida Xitoyning pozitsiyasi qanday edi?
13:52 / 26.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Afg‘oniston fuqarolari kelgan
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
09:58 / 24.01.2026