Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aloqa operatorlaridagi xalqaro trafik hajmini oshirish masalasi ko‘rib chiqildi
20 iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining infratuzilma, kadrlar resurslari va texnologiyalar masalalari bo‘yicha bosh maslahatchisi X.Qayumiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida ikki taraflama aloqalarni rivojlantirish, xususan, yuqori tezlikdagi tranzit aloqa kanallari, ikkala mamlakatdagi aloqa operatorlaridagi xalqaro trafik hajmini oshirish, xalqaro internet tarmog‘iga yuqori tezlikda ulanishni tashkillashtirish, AKT sohasida kadrlarni tayyorlash va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
10:50 / 12.06.2026