Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kunduzda 2015 yilda aviazarba tufayli vayron bo‘lgan shifoxonaning o‘rniga yangisi ochildi
“Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro tashkiloti Afg‘onistonning Kunduz shahrida yangi shifoxonani ochdi. U 2015 yilda AQSh HHK aviazarbasi natijasida qisman vayron bo‘lgandi, deb xabar qilmoqda Reyter.
"Bu shifoxonaning ochilishi – Kunduzda keng ko‘lamli tibbiy yordam ko‘rsatishni ta'minlash yo‘lidagi ilk qadamdir. Hamda bu biz uchun muhim narsa", — deya ma'lum qildi tashkilotning Afg‘onistondagi dasturi rahbari Silviya Dellatomasina.
Agentlikning ta'kidlashicha, AQSh HHK zarba berganidan so‘ng, MSF xodimlari AQSh hamda Afg‘oniston qurolli kuchlari vakillaridan “Chegara bilmas shifokorlar”ning tibbiy muassasalari qo‘riqlanishiga oid kafolatlar olishga harakat qilgan.
Dellatomasinaning so‘zlariga ko‘ra, shifoxona yangi joyda joylashgan va yengil hamda doimiy jarohatlarni davolash bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi. Jiddiy amaliyotlarga muhtoj bo‘lgan bemorlar hukumat shifoxonalariga murojaat etishi lozim.
“Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro tashkilotining Afg‘onistonning Kunduzidagi shifoxonasi 2015 yilning 3 oktabr kuni AQSh zarbasidan so‘ng qisman vayron etildi. MSF ma'lumotlariga ko‘ra, bombardimonlar natijasida 42 kishi qurbon bo‘lgan.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026