Jahon | 16:06 / 22.07.2017
5629
1 daqiqa o‘qiladi

Misr sudi bosh prokurorning qotilligida ayblangan 28 kishiga chiqarilgan o‘lim jazosini tasdiqladi

Misr jinoiy sudi mamlakat sobiq bosh prokurori Xisham Barakatning 2015 yilda o‘ldirilishi bo‘yicha ishda ayblanuvchi sifatida o‘tayotgan 28 insonni osish orqali o‘lim jazosiga mahkum etdi.  
Bu haqda Youm7 xabar bermoqda.

Tergov ma'lumotiga ko‘ra, Misr bosh prokurorining o‘ldirilishi, buni tashkillashtirish va tayyorgarlik ko‘rishda hammasi bo‘lib 67 kishi ishtirok etgan.

Xisham Barakat 2015 yilning iyunida Qohira shahrida o‘ldirilgan, uning avtomobili portlatib yuborilgandi.

Avvalroq Misrda sobiq bosh prokuror qotilligi bo‘yicha sud jarayoni boshlangani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid