Iqtisodiyot | 15:25 / 22.07.2017
8471
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekenergo» va KEPCO energetika sohasida hamkorlik qiladi

«O‘zbekenergo» AJ va Koreya elektroenergetika korporatsiyasi (KEPCO) 22 iyul kuni anglashuv memorandumini imzolashdi.

Tomonlar hujjat doirasida energetika sohasining deyarli barcha yo‘nalishlari – elektr energiyasi ishlab chiqarishdan tortib, uni yakuniy iste'molchiga yetkazib berishga qadar bo‘lgan hamkorlikni o‘rnatishni rejalashtirmoqda.

«O‘zbekenergo» hamda KEPCO eskirgan elektr stansiyalarining modernizatsiyasi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish niyatida. O‘zbekiston va Koreya mutaxassislari tajriba almashadi. O‘zbek mutaxassislari yangi texnologiyalarni o‘zlashtiradi.

Kutilishicha, KEPCO mutaxassislari O‘zbekistonga energetika sohasi va asbob-uskunalari holati bo‘yicha ishlarni o‘rganish uchun tashrif buyuradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid