Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmazorda hovlisi uchun xaridordan 10 ming dollar olib, ishlatib yuborgan firibgar qo‘lga olindi
Illyustrativ surat. Foto: Kun.uz
Olmazor tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan tuman hududida firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda «Kun.uz»ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
«Olmazor tumanida 22 iyul kuni soat 13.28da, 1991 yili tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, ishlamaydigan, Yunusobod tumanida yashovchi N.A.fuqaro K.Sh. ga Yunusobod tumani, Shivli ko‘chasida joylashgan hovlini sotishini va'da qilib, 10.000 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligini aniqladi. Olmazor tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168 m. 1 q. bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan», deyilgan xabarda.
Ayni vaqtda ushbu hodisa yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
09:53 / 19.12.2025
Olmazor tumani ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin
11:12 / 11.12.2025
Toshkentda soliq inspektorlari 10 million so‘m pora olgan paytida ushlandi
09:11 / 10.12.2025
Sebzorda avariyaviy holat sabab Nexia-3 ustunga borib urildi
11:39 / 03.12.2025