Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xodimlarga daydi topishni buyurgan Olmazor tumani IIB amaldori ishdan olindi
Profilaktika inspektorlariga ko‘chadan daydi topib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish bo‘yicha topshiriq bergan Toshkent shahri Olmazor tumani IIB amaldori Abror Xudoyberdiyev ishdan bo‘shatildi.
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahri Olmazor tumani IIB amaldori Abror Xudoyberdiyev profilaktika inspektorlariga ko‘chadan daydi shaxslarni topib, ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish bo‘yicha topshiriq bergani uchun lavozimidan ozod etildi.
Bu haqda 11 aprel kuni Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Ramazon Ashropov ma’lum qildi. Holat yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruviga ko‘ra, Xudoyberdiyev ishdan olingan.
Yaqinda uning profilaktika inspektorlariga “300 ta ma’muriy bayonnoma tuzish” rejasini belgilab bergan va barcha xodimlarga ko‘chaga chiqishni buyurgan audiosi jamoatchilikning keskin muhokamalariga sabab bo‘lgandi. Abror Xudoyberdiyev daydi topmagan xodimning qarindoshini yoki o‘zini daydi sifatida “yopishi”ni aytgan.
Mavzuga oid
20:48 / 08.04.2026
Gulira’no Qosimova ishi: Furqat tumani IIB sobiq rahbarlariga hukm o‘zgarishsiz qoldirildi
18:47 / 06.04.2026
Ichki ishlar xodimini urgan haydovchi uzr so‘radi
16:00 / 06.04.2026
“Uchastkavoy”larga topshiriq: “daydi topmasang qarindoshingni yoki o‘zingni daydi qilib yop!”
19:40 / 03.04.2026