Jahon | 17:28 / 24.07.2017
8211
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Italiyada talonchilik qilgan ikki nafar "Tramp" ushlandi

Italiyalik karabinerlar bankomatlarga AQSh prezidenti Donald Tramp niqobida hujum qilgan talonchilar guruhini fosh etishdi. 

Ma'lum bo‘lishicha, 26 va 30 yoshda bo‘lgan aka-uka Pemont shimoliy viloyatida jinoiy faoliyatini olib borgan. Huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining taxminicha, ular o‘nlab o‘g‘irlikni sodir etgan. Oxirgi ikkitasida ular 100 ming yevroni o‘zlari bilan olib ketgan.

Karabinerlar tomonidan e'lon qilingan kadrlardan ko‘rish mumkinki, Tramp tasviri bo‘lgan rezina niqoblarni kiygan ikki erkak bankning ko‘cha hududiga bostirib kirgan. Jinoyatchilar ko‘chada joylashgan bankomatning ichiga portlovchi qurilma joylashtirib, uni ishga keltirishadi. So‘ng voqea joyida huquq-tartibot xodimlari paydo bo‘ldi va har ikki jinoyatchini qo‘lga olgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid