Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«MYu» Xalqaro chempionlar kubogida «Real»ni taslim etdi
«Manchester Yunayted» Xalqaro chempionlar kubogi uchrashuvida Madridning «Real» klubini penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratdi. Bellashuv Kaliforniyadagi «Levays» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning asosiy vaqti durang – 1:1 hisobi bilan yakunlandi. «MYu» birinchi bo‘lim oxirlarida Jyessi Lingardning goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi, 69-daqiqada esa Kasemiro penaltini aniq amalga oshirdi va muvozanatni tikladi. Biroq, 11 metrlik zarbalar seriyasida aynan Karlos hal qiluvchi xatoga yo‘l qo‘ydi.
Real Madrid – Manchester Yunayted 1:1 (0:1, 1:0, 0:0, 0:0), penaltilar bo‘yicha - 1:2
Gollar: 0:1 – 45 Lingard, 1:1 – 69, Kazemiro penalti.
«Real» – Navas (Kasilya, 46), Varan (Kesada, 46), Marselo (Texero, 46), Karvaxal (Hakimi, 46), Nacho (Manu, 46), Isko (Oskar Rodriges, 46), Kroos (Kazemiro, 46), Vaskes (Teo, 46), Modrich (Kovachich, 46), Beyl (Foylase, 46), Benzema (Dani Gomes, 46).
«Manchester Yunayted» – Romero (De Xea, 46), Jons (Smolling, 46), Bayi (Lindelef, 46), Darmian (Valensiya, 77), Lingard (Pogba, 46), Fosu-Mensa (Blind, 46), Fellayni, Kerrik (Mxitaryan, 46), Pereyra (Errera, 46; Maktomini, 52), Marsyal, Reshford (Lukaku, 46).
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 1:2.
Ogohlantirish: Oskar Rodriges (85).
Mavzuga oid
23:42 / 11.06.2026
Joze Mourinio «Real»ga qaytdi
17:44 / 08.06.2026
Peres «Real»ga Joze Mourino bosh murabbiy bo‘lishini e’lon qildi
19:05 / 29.05.2026
«Real» sovrinsiz mavsumda dunyoning eng qimmat klubi deb topildi
12:01 / 25.05.2026